Ishchilar uchun

Jamoamizga qo'shiling

Bir marta ro'yxatdan o'tasiz — keyin guruhdagi e'lonlardan o'zingizga qulay to'yni tanlaysiz. Ish haqi naqd yoki kartaga.

Reyting. Vaqtida kelgan har bir to'y reytingingizni oshiradi; yuqori reytinglilarga e'londa alohida joy ajratiladi. Aytmasdan kelmaslik — jarima va vaqtincha yozilish taqiqi.

  1. Guruhga qo'shiling

    «Sastav N1» guruhiga (@osh_sastav) qo'shilish so'rovini yuboring — bot sizga o'zi yozadi.

  2. Botda ro'yxatdan o'ting

    Ism-familiya (hujjatdagidek), telefon, selfi, pasport yoki ID karta, manzil, to'lov usuli va qoidalar bo'yicha qisqa test.

  3. To'yga yoziling

    Arizangiz tasdiqlangach, e'londan to'yni tanlab «Boraman» ni bosing. Joy to'lsa — zaxira navbatiga turasiz.

  4. Vaqtida keling

    Yetib kelganingizni jonli lokatsiya bilan belgilang. Brigadir joyida yo'qlama qiladi.

To'yxonalar va mezbonlar uchun

Ishchilarga buyurtma

So'rovingiz to'g'ridan-to'g'ri bosh adminga Telegram orqali boradi. Odatda 1 soat ichida javob beramiz.

So'rov Telegram orqali bosh adminga boradi. Telefon raqamingiz faqat bog'lanish uchun ishlatiladi.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Qancha oldin buyurtma berish kerak?

Imkon qadar oldinroq. Katta to'ylarni bir-ikki oy oldin rejalashtirib qo'yish mumkin.

Ishchi bo'lish uchun qaysi hujjat kerak?

Pasport yoki ID karta. Ism-familiya botda aynan hujjatdagidek yoziladi.

Ish haqi qanday beriladi?

Ro'yxatdan o'tishda o'zingiz tanlagan usulda: naqd yoki plastik kartaga.

Yozilib, bora olmasam-chi?

Oldinroq botda yozilishni bekor qiling — joyingiz zaxiradagi odamga o'tadi.