Ishchilar uchun
Jamoamizga qo'shiling
Bir marta ro'yxatdan o'tasiz — keyin guruhdagi e'lonlardan o'zingizga qulay to'yni tanlaysiz. Ish haqi naqd yoki kartaga.
Reyting. Vaqtida kelgan har bir to'y reytingingizni oshiradi; yuqori reytinglilarga e'londa alohida joy ajratiladi. Aytmasdan kelmaslik — jarima va vaqtincha yozilish taqiqi.
Guruhga qo'shiling
«Sastav N1» guruhiga (@osh_sastav) qo'shilish so'rovini yuboring — bot sizga o'zi yozadi.
Botda ro'yxatdan o'ting
Ism-familiya (hujjatdagidek), telefon, selfi, pasport yoki ID karta, manzil, to'lov usuli va qoidalar bo'yicha qisqa test.
To'yga yoziling
Arizangiz tasdiqlangach, e'londan to'yni tanlab «Boraman» ni bosing. Joy to'lsa — zaxira navbatiga turasiz.
Vaqtida keling
Yetib kelganingizni jonli lokatsiya bilan belgilang. Brigadir joyida yo'qlama qiladi.
To'yxonalar va mezbonlar uchun
Ishchilarga buyurtma
So'rovingiz to'g'ridan-to'g'ri bosh adminga Telegram orqali boradi. Odatda 1 soat ichida javob beramiz.
Savollar
Ko'p beriladigan savollar
Qancha oldin buyurtma berish kerak?
Imkon qadar oldinroq. Katta to'ylarni bir-ikki oy oldin rejalashtirib qo'yish mumkin.
Ishchi bo'lish uchun qaysi hujjat kerak?
Pasport yoki ID karta. Ism-familiya botda aynan hujjatdagidek yoziladi.
Ish haqi qanday beriladi?
Ro'yxatdan o'tishda o'zingiz tanlagan usulda: naqd yoki plastik kartaga.
Yozilib, bora olmasam-chi?
Oldinroq botda yozilishni bekor qiling — joyingiz zaxiradagi odamga o'tadi.