To'y oshining mukammal xizmati
Toshkentning eng yirik to'yxona va restoranlari bilan hamkorlikda osh tadbirlari uchun lagan tashish xizmati. Intizomli jamoa, aniq vaqt va har bir lagan ustidan nazorat.
Har bir to'y — o'z vaqtida va obro' bilan
Mezbonning bitta tashvishi kam bo'lsin: lagan tashish jamoasini biz yig'amiz, olib boramiz va boshqaramiz.
Tekshirilgan jamoa
Har bir ishchi hujjat va yuz tekshiruvidan o'tadi. Bir odam — bitta akkaunt, tasodifiy odam yo'q.
Kerakli son, kafolatli
Ro'yxat bilan birga zaxira navbati yuradi: kimdir chiqsa, o'rniga darhol boshqasi o'tadi.
Aniq vaqt
Ishchilar jonli lokatsiya bilan keladi, kelish vaqti avtomatik qayd etiladi. Kechikish nazoratda.
Brigadir boshchiligida
Har bir tadbirda mas'ul brigadir joyida yo'qlama qiladi va jamoani boshqaradi.
Talabga mos tanlov
Kiyim, yosh, bo'y kabi talablaringizni belgilang — faqat mos kelganlar yoziladi.
Oldindan reja
Katta to'ylarni bir-ikki oy oldin rejalashtirish mumkin — jamoa o'z vaqtida yig'iladi.
2015-yildan bugungacha
Biz bilan ishlab kelayotgan to'yxonalar
Toshkentning yirik to'yxona va restoranlari bizga ishonadi.
Jamoamizga qo'shiling
Bir marta ro'yxatdan o'tasiz — keyin guruhdagi e'lonlardan o'zingizga qulay to'yni tanlaysiz. Ish haqi naqd yoki kartaga.
Guruhga qo'shiling
«Sastav N1» guruhiga (@osh_sastav) qo'shilish so'rovini yuboring — bot sizga o'zi yozadi.
Botda ro'yxatdan o'ting
Ism-familiya (hujjatdagidek), telefon, selfi, pasport yoki ID karta, manzil, to'lov usuli va qoidalar bo'yicha qisqa test.
To'yga yoziling
Arizangiz tasdiqlangach, e'londan to'yni tanlab «✅ Boraman» ni bosing. Joy to'lsa — zaxira navbatiga turasiz.
Vaqtida keling
Yetib kelganingizni jonli lokatsiya bilan belgilang. Vaqtida kelgan har bir to'y reytingingizni oshiradi.
Ilova — Telegram ichida
To'ylar, ish jadvali, hisob-kitob va sozlamalar. O'rnatish shart emas — bot ichida ochiladi.
Ko'p beriladigan savollar
Xizmatga qanday buyurtma beriladi?
@hunafaat ga yozing: to'yxona, sana, osh vaqti va necha kishi kerakligi. Qolganini jamoa hal qiladi.
Qancha oldin buyurtma berish kerak?
Imkon qadar oldinroq. Katta to'ylarni bir-ikki oy oldin rejalashtirib qo'yish mumkin.
Ishchi bo'lish uchun qaysi hujjat kerak?
Pasport yoki ID karta. Ism-familiya botda aynan hujjatdagidek yoziladi.
Ish haqi qanday beriladi?
Ro'yxatdan o'tishda o'zingiz tanlagan usulda: naqd yoki plastik kartaga.
Yozilib, bora olmasam-chi?
Oldinroq botda yozilishni bekor qiling — joyingiz zaxiradagi odamga o'tadi. Aytmasdan kelmaslik jarima va vaqtincha taqiqqa olib keladi.